TerDU sportchilari respublika final bosqichi sari yo‘l oldi!

"Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining Surxondaryo viloyati hududiy bosqichida Termiz davlat universiteti talabalari yuksak natijalarni qayd etib, viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi orasida mutlaq ustunlikni namoyon etdi.

Sportning 7 ta turi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda universitetimiz sportchilari futbol, voleybol, basketbol (3x3), stol tennisi, yengil atletika, suzish hamda gandbol sport turlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika final bosqichi yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, gandbol sport turi bo‘yicha ham erkaklar, ham qizlar jamoalarining chempionlikni qo‘lga kiritgani TerDU sport maktabining yuksak salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.Ishonamizki, viloyat bosqichida barcha raqiblarini ortda qoldirgan

TerDU sportchilari respublika final bahslarida ham o‘z mahorati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan universitetimiz nufuzini yanada yuksaltiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 20

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 31

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 28

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil