SURXON YOSHLARI — VOHA LIGASI CHEMPIONI!

Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi VOHA LIGASI–2026 mavsumining FINAL bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Bu g‘alaba nafaqat jamoaning sahnadagi mahorati, topqirligi va betakror hazillarining, balki Termiz davlat universiteti yoshlarining iqtidori, salohiyati va birligining yana bir yorqin namoyoniga aylandi.

🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti “Surxon yoshlari” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Jizzax davlat pedagogika universitetining “Jizzaxlik jo‘ralar” jamoasi
🥉 3-o‘rin — Urganch Ranch texnologiya universitetining “Ranch yoshlari” jamoasi

Sahna zabt etildi, tomoshabinlar qalbi fath qilindi va eng muhimi — Surxon yoshlari yana bir bor o‘zining kuchli ekanligini isbotladi!

Termiz davlat universiteti jamoasi nomidan g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi tanlovlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.

Surxon yoshlari — iste’dod, zakovat va g‘alabaning timsoli!
Voha ligasi kubogi endi Termiz davlat universitetida!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 20

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 31

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 28

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil