TerDUda bitiruvchi talabalar uchun eng muhim va mas’uliyatli jarayonlardan biri — Yakuniy davlat attestatsiyasi hamda Bitiruv malakaviy ishlari (BMI) himoyalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

TerDUda bitiruvchi talabalar uchun eng muhim va mas’uliyatli jarayonlardan biri — Yakuniy davlat attestatsiyasi hamda Bitiruv malakaviy ishlari (BMI) himoyalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

🟢Ayni kunlarda universitetning barcha fakultetlarida bitiruvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim sinovlardan o‘tishmoqda.

➡️Jumladan, Kimyo fakultetida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 57 nafar talaba davlat attestatsiya imtihonlarini topshirayotgan bo‘lsa, 29 nafar bitiruvchi o‘zining Bitiruv malakaviy ishini himoya qilmoqda.

➡️Shuningdek, bugundan sirtqi ta’lim shakli bitiruvchilarining ham Yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi. Tabiiy fanlar fakultetida:
🟢 60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 73 nafar;
🟢 60530400 – Geografiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 39 nafar;
🟢60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha) (2-OTM) yo‘nalishi bo‘yicha 54 nafar bitiruvchi Yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etmoqda.

✔️Bu sinovlar talabalarning yillar davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk kadr sifatida shakllanganini tasdiqlashga xizmat qiladi.

✨Barcha bitiruvchilarimizga mas’uliyatli sinovlarda omad, yuksak natijalar va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 20

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 31

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 28

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil