TARIXIY G‘ALABA!

Andijon shahrida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining Respublika bosqichida Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” jamoasi mutlaq ustunlikni namoyon etdi!

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi musiqali drama teatri sahnasida namoyish etilgan “Momoyer” spektakli tomoshabinlar va hakamlar qalbini zabt etdi.

Natijada TerDU talabalari FAXRLI 1-O‘RINNI qo‘lga kiritib, butun Surxon vohasining sharafini munosib himoya qildi!

Bu — iste’dod, mehnat va san’atga bo‘lgan muhabbatning buyuk g‘alabasi! TerDU nafaqat ilmda, balki madaniyat va san’atda ham yetakchi ekanini yana bir bor isbotladi! G‘olib talabalarimizni, ijodiy jamoani va ustozlarni chin qalbdan muborakbod etamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil