Talabalar ligasi: kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

18–20-may kunlari Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yakunlandi.

Nufuzli musobaqada yurtimizning 14 ta hududidan jami 260 nafar sportchi-talaba va murabbiylar ishtirok etib, g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida:

🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti — 5 ta oltin va 2 ta bronza medal bilan mutlaq g‘olib bo‘ldi;

🥈 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston davlat universiteti — 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medal;

🥉 3-o‘rin — Jizzax davlat pedagogika universiteti — 2 ta oltin va 1 ta kumush medal;

🥉 3-o‘rin — Navoiy davlat universiteti — 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida yuqori mahorat, matonat va sport ruhini namoyon etgan barcha ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil