“Rektor olimpiadasi”

TerDUda bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Rektor olimpiadasi” o‘tkazildi

🟢Termiz davlat universitetida viloyatidagi umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, kasb -hunar maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida matematika, tarix, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, geografiya va huquqshunoslik fanlari boʻyicha “Rektor olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

🟢Olimpiadada viloyatimizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan jami 150 nafar bilimdon o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov jarayonlari nizom asosida shaffof va adolatli tarzda tashkil etilib, barcha bosqichlar videokuzatuv ostida olib borildi.

G‘oliblari ro‘yxati

▪️ Ona tili va adabiyoti

🥇 1-o‘rin: Mamasaidova Feruzaxon (Denov t., 73-maktab) – 89 ball

🥈 2-o‘rin: Abdiyeva Fotima (Qiziriq t., 15-maktab) – 87 ball

🥉 3-o‘rin: Panjiyeva Marjona (Qumqo‘rg‘on t., 76-maktab) – 78 ball

▪️ Tarix

🥇 1-o‘rin: Norboyeva Dilnoza (Qumqo‘rg‘on t., 10-maktab) – 98 ball

🥈 2-o‘rin: Abduzairova Durdona (Qumqo‘rg‘on t., 10-maktab) – 96 ball

🥉 3-o‘rin: Menglimurordov Doniyor (Uzun t., 57-maktab) – 86 ball

▪️ Ingliz tili

🥇 1-o‘rin: Sobirjonova Sabina (Uzun t., 60-maktab) – 92 ball

🥈 2-o‘rin: Jumanazarova Zarina (Denov t., 103-maktab) – 85 ball

🥉 3-o‘rin: Tojiyeva Madina (Sherabod t., 9-maktab) – 84 ball

▪️ Geografiya

🥇 1-o‘rin: Raximberdiyev Adham (Qiziriq t., 9-maktab) – 81 ball

🥈 2-o‘rin: Abdurashidov Begzod (Qiziriq t., 9-maktab) – 60 ball

🥉 3-o‘rin: Xo‘janazarova Nozima (Qumqo‘rg’on t., 74-maktab) – 56 ball

▪️ Matematika

🥇 1-o‘rin: Yo‘ldosheva Gavharshod (Sho‘rchi t., 10-maktab) – 30 ball

🥈 2-o‘rin: Javliyev Mustafo (Uzun t., 64-maktab) – 28 ball

🥉 3-o‘rin: Amirqulov Xumoyiddin (Qumqo‘rg‘on t., 11-AFCHO‘MI) – 26 ball

▪️ Huquqshunoslik

🥇 1-o‘rin: Ramazonov Quvonchbek (Shoʻrchi t., 47-maktab) – 48 ball

🥈 2-o‘rin: Qoʻyliyeva Malikaxon (Sherabod t., 1-maktab) – 46 ball

🥉 3-o‘rin: Choriyeva Kamola (Muzrabot t., 9-maktab) – 44 ball

🟢Tadbir viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. G‘oliblar universitet tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil