TerDUda rektor raisligida o‘tgan “Yangi davr universiteti: tahlil, mas’uliyat va strategik vazifalar” mavzusidagi kengaytirilgan umumiy yig‘ilish yakunlandi.
Yig‘ilish universitetning asosiy majlislar zalida hamda yana 4 ta zalda kuzatuv kameralari orqali onlayn tarzda tashkil etilib, professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar va mas’ullar keng qamrovda ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ta’lim sifati, dual ta’lim, bitiruvchilar bandligi, xorijiy investitsiyalar, Scopus maqolalari, xalqaro reytinglar, ilmiy loyihalar, yoshlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurash, akademik qarzdorlik, KPI tizimi hamda universitetning moliyaviy barqarorligi yuzasidan batafsil tahlillar qilindi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud muammolar ochiq muhokama qilinib, har bir fakultet, kafedra va mas’ul xodim oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab universitetni zamonaviy, xalqaro reytinglarga mos, sun’iy intellekt va innovatsiyalar asosida rivojlanadigan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida barcha professor-o‘qituvchilar va mas’ullar universitet ravnaqi, ta’lim sifati va yoshlar tarbiyasi yo‘lida yanada mas’uliyat bilan ishlashga chaqirildi.