MATONAT, SHIJOAT VA G‘ALABA — TERDU QIZLARI YANA YUQORI NATIJA QO‘LGA KIRITDI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining respublika bosqichida Termiz davlat universiteti talaba-qizlari munosib ishtirok etib, yana bir bor o‘z salohiyati va irodasini namoyon etdi.

Sportning yengil atletika, kamondan o‘q otish, velosport hamda estafetali yugurish turlari bo‘yicha kechgan murosasiz bahslarda TerDU jamoasi 14 ta kuchli jamoa orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Bu natija — nafaqat sportdagi muvaffaqiyat, balki TerDU talaba-qizlarining qat’iyati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishining yana bir yorqin ifodasidir.

G‘olib qizlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil