TerDU talabalari — yuksak sahna sari!

Bugun Termiz davlat universiteti rektori, professor A. Toshqulov “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Ma’lumki, bundan bir muddat avval Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqichida Termiz davlat universiteti jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgan edi.

Joriy yilning 18–20-may kunlari Andijon viloyati Musiqali drama teatrida, amaldagi festival g‘olibi — Andijon davlat pedagogika instituti mezbonligida respublika tanlovining final bosqichi o‘tkaziladi.

Uchrashuv davomida rektor yosh iste’dodlarning yutuqlarini alohida e’tirof etib, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatladi. Samimiy muloqotlarda talabalar zimmasidagi mas’uliyat, san’at orqali milliy qadriyatlarimizni tarannum etishdek sharafli vazifa haqida so‘z yuritilib, jamoaga katta ishonch bildirildi.

Final bosqichida quyidagi 9 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etadi:
🟢 Ma’mun universiteti
🟢 Qarshi davlat universiteti
🟢 Termiz davlat universiteti
🟢 Farg‘ona davlat universiteti
🟢 Samarqand davlat universiteti
🟢 Buxoro davlat tibbiyot instituti
🟢 Central Asian Medical University
🟢 Shahrisabz davlat pedagogika instituti
🟢 O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

TerDUning iste’dodli yoshlari nafaqat ilm-fanda, balki san’at maydonida ham universitet sha’nini munosib himoya qilayotganlari barchamiz uchun faxrdir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil