TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida rektor A.Toshqulov rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, mas’ul bo‘lim boshliqlari hamda Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda dastlab Tabiiy fanlar fakultetining faoliyati, KPI ko‘rsatkichlari hamda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari muhokama qilindi. So‘rovnoma ishtirokchilari tomonidan faoliyati yuqori baholangan ustozlarga minnatdorchilik bildirildi. Shu bilan birga, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida fakultetlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, universitetga biriktirilgan hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini parvarish qilish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

Yig‘ilish yakunida A.Toshqulov tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan mas’ul prorektor va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil