Kelajak psixologlari — mas’uliyatli kasb sari

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining amaliy psixologiya yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun Surxondaryo viloyati IIBda uchrashuv tashkil etildi.

🟢Unda talabalarga ichki ishlar organlarida inspektor-psixolog sifatida faoliyat yuritish, xizmatga qabul jarayonlari hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, nomzodlar kasbiy tayyorgarlik kurslari, xizmat intizomi va xodimlarning ijtimoiy himoyasi bilan ham tanishtirildi.

🟢Tadbir yakunida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, talabalar maxsus xizmat texnikalari va sohada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilash va malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil