TERDU FUTZAL JAMOASI O‘ZBEKISTON KUBOGIDA YORQIN G‘ALABAGA ERISHDI!

Jizzax shahrida davom etayotgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarining guruh bosqichida Termiz davlat universiteti futzal jamoasi navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Murosasiz va keskin kurashlarga boy uchrashuvda TerDU jamoasi mezbon “Jizzax FA” klubini 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining yuqori sport mahorati va g‘alabaga bo‘lgan ulkan ishtiyoqini yana bir bor namoyish etdi!

⚽️ Gollar mualliflari:
🔹 Salohiddin Karimov
🔹 O‘tkir Xo‘janov
🔹 Asadbek Umarov
🔹 Dilshod Rashidov
🔹 Farrux Alimardonov
🔹 Qudratillo Nurullayev

Har bir gol — bu jamoaviy mehnat, matonat va g‘alabaga bo‘lgan cheksiz ishonch mahsuli!

Termiz davlat universiteti futzal jamoasi O‘zbekiston kubogidagi ishonchli ishtiroki bilan universitetimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil