TerDU — yana bir bor Surxon vohasida tengsiz ekanligini namoyon etdi! 

🟢“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Surxondaryo viloyati bosqichida Gandbol sport turi bo‘yicha murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi. 

 Faxr bilan ma’lum qilamizki, Termiz davlat universiteti jamoalari musobaqada mutlaq ustunlikni qo‘lga kiritib, ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egalladi!

 Yakuniy natijalar:

 Erkaklar jamoalari o‘rtasida:

🥇 Termiz davlat universiteti

🥈 Termiz davlat pedagogika instituti

🥉 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

 Ayollar jamoalari o‘rtasida:

🥇 Termiz davlat universiteti

🥈 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

🥉 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

🟢Endilikda jamoalarimiz “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqasining respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi. 

 Bu natija — TerDU yoshlarining matonati, jamoaviy ruhi va sportdagi yuksak salohiyatining yana bir yorqin isbotidir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil