“Boysun bahori” — madaniyatlar tutashgan maskan!

Surxondaryo vohasining yuragi yana bir bor ranglar, kuylar va an’analar jilosi bilan yashnadi. Ayniqsa, Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talaba qizlarining chiqishlari festivalga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Turli millatlarning milliy liboslari, nozik did bilan bezatilgan dasturxonlar hamda samimiy muhit — bularning barchasi bir sahnada uyg‘unlashib, chinakam do‘stlik va madaniyatlar muloqotini namoyon etdi. Har bir libos, har bir taom ortida bir xalqning tarixi, qadriyati va qalbi mujassam.

TerDU talabalari nafaqat o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar, balki xalqlar o‘rtasidagi hurmat va birdamlik g‘oyasini ham yorqin ifoda etdilar. Bu ishtirok yoshlarning keng dunyoqarashi va yuksak madaniyatining yorqin namunasi bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil