Xabaringiz bor bugun viloyatimiz markazida  “Talaba Expo – 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning yopilish marosimida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan platforma imkoniyatlaridan samarali foydalangan  yoshlar va tashkilotchilar alohida e’tirof etildi.

 Masalan 1400 nafar talabamiz  ish beruvchilar bilan belgilangan tartibda muloqotga kirishib kelajaklari uchun manfaatli bo‘lgan qadamni tashlashdi.  Tantanali marosimda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan 10 nafar talabamiz   munosib rag‘batlantirildi.

​Tadbir so‘nggida O‘zmilliybank" AJ tomonidan Termiz davlat universiteti bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hamda "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida faol ishtirok etgan eng namunali oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 39

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 36

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil