TERDUDA FAN OLIMPIADASI FINAL BOSQICHI YAKUNLANDI

🟢 Termiz davlat universitetida fan olimpiadasining yakuniy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

🟢 Olimpiada ishtirokchilari sinovlardan so‘ng mas’ullar hamrohligida universitet kampusi bo‘ylab sayohat qilib, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

🟢 Shundan so‘ng katta majlislar zalida o‘quvchi yoshlar, ularning ota-onalari hamda ustozlari ishtirokida olimpiada natijalari tantanali ravishda e’lon qilindi.

🟢 Har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Ular grant asosida TerDU talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

🟢 Ushbu olimpiada bilimli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Olimpiada natijalari: https://www.tersu.uz/announcements/view/1056

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 39

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 36

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil