TERDUDA FAN OLIMPIADASI FINAL BOSQICHI

Termiz davlat universitetida fan olimpiadasining yakuniy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

🟢Saralashlarda g‘olib bo‘lgan eng iqtidorli o‘quvchilar finalda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etmoqda. Eng yuqori natija qayd etgan yoshlar Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lish hamda davlat granti asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

🟢 Ma’lumot uchun, olimpiadada 3000 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi, ayni paytda esa 300 nafarga yaqin eng saralari bellashmoqda. Imtihonlar kimyo, biologiya, fizika hamda informatika fanlaridan o‘tkazilmoqda.

🟢Jarayonlar shaffof va adolatli tarzda tashkil etilgan bo‘lib, ota-onalar ham onlayn kuzatmoqda. Bu esa bilimli va intiluvchan yoshlar uchun yana bir katta imkoniyatdir. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 39

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 36

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil