TerDU — kelajak bunyodkorlarini tayyorlash yo‘lida!

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universiteti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida Kimyo, Biologiya, Fizika hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan ko‘p bosqichli (tuman shahar viloyat) fan olimpiadalari tashkil etilmoqda.

🟢Bugun olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi  o‘tkazilayapti. 

🟢Viloyat bosqichi esa kelgusi hafta Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.

🟢Eslatma: Ushbu fan olimpiadalarida faxrli 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz, davlat granti asosida o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🟢Termiz davlat universiteti har doim iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

✨Barchaga omad tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 39

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 36

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil