Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun yangi tashabbuslarga start berildi!

Xabar berganimizdek, bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminar va sport haftaligi boshlandi.

2026-yil 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etishdi.

Yig'ilishda  jismoniy tarbiya va sportni oliy taʼlim tizimi bilan uzviy bogʻlash, talabalar oʻrtasida sogʻlom va faol hayot tarzini shakllantirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan ekani alohida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156623

👉 На русском
👉 In English

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 39

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 36

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil