Bilim va tafakkur uyg‘unligi — TerDU yoshlari yana e’tirofda!

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyati bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — DXX CHQ “Yosh chegarachilar”
🥈 2-o‘rin — TerDU akademik litseyi
🥉 3-o‘rin — IIV Surxondaryo akademik litseyi

TerDU akademik litseyi jamoasi ushbu nufuzli musobaqada o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

G‘olib jamoalar respublika bosqichiga yo‘llanma olib, yurt miqyosida o‘zaro bellashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Zakovatli yoshlarimizga keyingi bosqichlarda ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 34

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil