YANA BIR YUTUQ, YANA BIR EʼTIROF!

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika maqolalar va insholar tanlovi yakunlari yurtimiz yoshlari orasida ilm-fan va tafakkurga bo‘lgan yuksak intilish borligini yana bir bor namoyon etdi.

“Talabalar bahori” festivali doirasida Nukus davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli tanlov finalida mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlaridan 18 nafari o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Quvonarlisi, Termiz davlat universiteti sharafini munosib himoya qilgan talabamiz ham g‘oliblar safidan joy oldi!

🥇Bunyodbek Normetov – TerDU talabasi, faxrli 1-o‘rin sohibi!

G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va maxsus statuetkalar, shuningdek, pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 34

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil