TerDUda xalqaro trening muvaffaqiyatli yakunlandi

Termiz davlat universitetida 2026-yil 23-mart kuni boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro trening kursi” o‘z yakuniga yetdi.

Bugun trening so‘ngida xorijiy va mahalliy olimlar, arxeologlar ishtirokida yakuniy yig‘ilish tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi hamda samimiy ezgu tilaklar bildirildi.

Mazkur trening davomida qatnashchilar arxeologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu xalqaro platforma ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va kelgusida yangi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 36

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 42

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil