TerDU talabalari xalqaro olimpiadada munosib natija qayd etdi

Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi (OMOUS–2026)da Termiz davlat universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Olimpiada yakka tartibda A (mutaxassislik) va B (nomutaxassislik) toifalarida hamda jamoaviy bahslar shaklida tashkil etildi.

🏆 A (mutaxassislik) kategoriyasida talabalarimiz 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi:

🥉 Ergashev Farhod;

🥉 Xudoyberdiyev Sardor;

🥉 Qo‘ldosheva Dilnoza;

🥉 Mamatqulova Irodaxon;

🎓 Shuningdek, Boborajabova Mohira va Raxmatova Maral faol ishtiroklari uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Mazkur natija talabalarimizning bilim va salohiyati hamda ustozlarimizning samarali mehnati samarasidir.

💐G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 37

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 43

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 43

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil