TerDU talabalaridan iborat “Qalqon” jamoasi yana peshqadam!

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasida Termiz davlat universiteti sharafini himoya qilgan “Qalqon” jamoasi yana bir bor o‘z ustunligini isbotladi.

🟢Musobaqada hududdagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan jamoalar keskin va murosasiz bellashuvlarga kirishishdi. 

Jamoalar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi:

• Kamondan otish;

• “Harbiy estafeta” yugurish;

• AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish;

• Arqon tortish;

• Tosh ko‘tarish;

 🏆Yakuniy natijaga ko‘ra, “Qalqon” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, yana bir bor peshqadam ekanini namoyon etdi!

🟢Barcha ishtirokchi jamoalarga munosib ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz va “Qalqon” jamoasini ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 44

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil