Хalqaro tajriba – TerDU ilmiy muhitida!

Ayni damda Pokistonlik Maaz Ahmad (DSc), Dotsent o‘zining boy ilmiy va pedagogik tajribasi bilan TerDU talabalariga ilhom ulashmoqda.

Maaz Ahmad  o‘zining ilmiy izlanishlari bilan xalqaro akademik hamjamiyat e’tiborini qozongan.  PhD ilmiy darajasini dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri – Xitoyning Wuhan universitetida muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Maaz Ahmad  “Moliya asoslari” fani doirasida moliya va moliyaviy texnologiyalar, bank ishi, buxgalteriya, soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘zining chuqur bilim va tajribasini ulashayapti.

Olim magistratura talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro nufuzli ilmiy jurnallar — Scopus bazasida indekslangan jurnallarda maqola yozish bo‘yicha amaliy bilim va muhim tavsiyalar bermoqda.

Xalqaro ilmiy tajriba, zamonaviy yondashuv va kuchli motivatsiya uyg‘unlashgan bunday uchrashuvlar yosh olimlarimiz uchun katta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil