TerDUda dizayn yo‘nalishi talabalari uchun seminar-trening o‘tkazildi

🔸Milliy libos va san’at fakulteti Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun taniqli professional dizayner, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi Ra’no Hamrayeva tomonidan “Ko‘p tikaman, kam topaman muammosidan chiqish formulasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸Seminar davomida dizayn sohasi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda samarali o‘qitish uslublari namoyish etildi. Mutaxassis o‘zining ko‘p yillik tajribasi asosida dizayn sohasida muvaffaqiyatga erishish, mehnatni to‘g‘ri baholash va daromadni oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

🔸Mazkur seminar-trening yosh dizaynerlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni kelajakdagi faoliyatga yanada puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil