Ayni damda TerDUda arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilib, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarni bir maqsad — kitobxonlikni targ‘ib etish yo‘lida birlashtirdi.

Yarmarkada eng sara tarixiy, badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar keng jamoatchilikka taqdim etildi.
Talabalar o‘zlari qiziqqan kitoblarni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. 

Tadbirdan lavhalar ushbu jarayonning naqadar qizg‘in va mazmunli o‘tganini  namoyon etadi.

Darhaqiqat, eng yaxshi sovg‘a — bu kitob!

Zero, kitob insonni tafakkurga, yuksalishga va kelajak sari dadil qadam tashlashga undaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil