TerDUda Zulfiyaxonim tavalludinig 111 yilligi keng nishonlandi. 

Termiz davlat universiteti fakultetlarida atoqli shoira, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va adabiy-badiiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi.

O‘zbek filologiyasi, Tabiiy fanlar, Ijtimoiy fanlar hamda Axborot texnologiyalari fakultetlarida o‘tkazilgan tadbirlarda Zulfiyaxonimning ibratli hayoti, boy ijodiy merosi, ayol qalbi, vafo va sadoqatni kuylagan betakror she’riyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbirlar davomida shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, uning she’rlari asosida kuy-qo‘shiqlar talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Bu esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat va ilhom ulashdi.

E’tiborlisi, O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari xizmat safari bilan Malayziyada bo‘lib, ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan she’riyat kechasini tashkil etdilar. Unda shoira ijodining o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni keng targ‘ib qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil