TerDU rektoriga biriktirilgan Boysun tumanidagi ishsiz yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulovga Boysun tumanidagi “Chorchinor” va “Ariq usti” mahallalaridan 12 nafar ishsiz yosh biriktirilgan edi. 

O‘tgan davr mobaynida universitet ishchi guruhi tomonidan yoshlar bilan uyma-uy suhbatlar o‘tkazildi. Ularning muammolari o‘rganilib, xatlov qilindi va aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Kuni kecha yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zarur jihozlar topshirildi:

“Chorchinor” MFY yoshlariga:

Tikuv mashinasi

3 dona kompyuter monoblok

Payvandlash apparati

“Ariq usti” MFY yoshlariga:

Kompyuter monoblok

Payvandlash apparati

Ushbu amaliy yordamlar yoshlarning bandligini ta’minlash, o‘z kasbi va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishiga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil