Termiz davlat universiteti: nazariya va amaliyot uyg‘unligi

🟢Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi tomonidan Termiz temir yo‘l vokzalida navbatdagi sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

🟢Jarayonida talabalar temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimi, chipta rasmiylashtirish jarayoni, logistika va xavfsizlik qoidalari, vokzal infratuzilmasi hamda yo‘lovchilar oqimini boshqarish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar.

🟢Amaliy mashg‘ulot davomida vokzal mutaxassislari tomonidan transport xizmatlarini tashkil etish, servis sifati va zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

🟢Bunday sayyor mashg‘ulotlar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish sohasida amaliy tajriba orttirish hamda kelgusida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil