Termiz davlat universiteti: nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Davlat va huquq asoslari kafedrasi katta o‘qituvchisi tomonidan “Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi va texnikasi” fanidan navbatdagi sayyor dars tashkil etildi.

Mashg‘ulot O‘zbekiston pochtasi AJ Surxondaryo filialida “Pochta va telefon orqali so‘rov o‘tkazish” mavzusida o‘tkazildi.

Dars nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borildi. Talabalar pochta va telefon orqali so‘rov o‘tkazish jarayoni, respondentlar bilan muloqot madaniyati, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda filial direktori ham ishtirok etib, sohadagi amaliy tajriba va ish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Bunday sayyor darslar talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil