Maqsad – xavfsiz ta’lim muhitini yaratish va “Oliy ta’lim – ota-ona – mahalla” hamkorligini mustahkamlash

2026-yil 12-fevral kuni Termiz davlat universitetida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 10–11-fevral kunlari respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ularning birinchi prorektorlari hamda hududdagi texnikumlar rahbarlari ishtirok etdi.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida talaba va o‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi. 

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/131436

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil