Respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi

🟢Buxoro davlat universitetida respublika miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟢Mazkur tadbirda “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”, “Eng yaxshi tyutor”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”, “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” kabi nufuzli tanlovlar g‘olib va sovrindorlari Vazirlikning diplom hamda sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Faxr bilan e’lon qilamiz!

🏛Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti tyutori Jamshid Nazarov “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasi bo‘yicha respublika g‘olibi deb topildi.

TerDU jamoasi Jamshid Nazarovni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil