“Zakovat QUIZ” bilimlar bellashuvi

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat QUIZ” bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi

🟢Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Yoshlar markazi binosi bilimlar bellashuvi maydoniga aylandi.

🟢Sana munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi boshlang‘ich tashkilotlar a’zolari o‘rtasida “Zakovat QUIZ” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🟢Musobaqada viloyatimizda joylashgan oliy ta’lim muassasalari hamda kuch tuzilmalaridan jami 12 ta jamoa ishtirok etdi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

🟢 Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti jamoasi
🥈 2-o‘rin — Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi
🥉 3-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi

✔️An’anaga ko‘ra, g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil