QS Xalqaro reytingi: Fakultetlarda seminar-treninglar boshlandi

🟢​Universitetimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reytingida munosib o‘rin egallash maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🟢Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor hamda Xalqaro bo‘lim xodimlari tomonidan quyidagi fakultetlarda seminar-treninglar o‘tkazildi:

​🟢 Kimyo fakulteti;

​ 🟢Milliy libos va san’at fakulteti;

​ 🟢Sport faoliyati fakulteti;

 🟢Fizika-matematika fakulteti;

 🔸Seminarning asosiy mavzulari:

​Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan professor-o‘qituvchilar va mas’ullarga quyidagi muhim yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi:

​✔️QS reyting tizimi: Dunyo universitetlari reytingining mazmun-mohiyati.

​Baholash metodikasi: Akademik nufuz, ish beruvchilar bahosi va ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari.

​✔️Metodik shartlar: Xalqaro reytingda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan mezonlar va ma'lumotlarni shakllantirish tartibi.

🔹​Ushbu seminarlar fakultetlarning ilmiy va xalqaro faoliyatini tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 45

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil