TerDUda Boysundagi yoshlar uchun seminar tashkil etilmoqda

Joriy yilning 14-yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Boysun tumanida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitetimiz rektorining taklifi va tashabbusi asosida Boysun tumanidagi 45 nafar ishsiz yoshlar universitetga olib kelindi.

Ularga 3 kunlik kasbga yo‘naltirish, kompyuter savodxonligi, sun’iy intellekt, biznes reja va iqtisodiy bilimlar, til bilish ko‘nikmasi metodologiyasi, psixologiya bo‘yicha seminar tashkil etish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Shuningdek, bu yoshlar 3 mahal issiq ovqat, yotoq joy bilan ta’minlandi. 

Darsdan bo‘sh vaqtlarida universitet kampusi bilan tanishish, sport bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratib berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 45

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil