Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — davlat ahamiyatiga molik muhim jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, bugundan 28-fevral sanasiga qadar mamlakatimiz bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur keng ko‘lamli va mas’uliyatli tadbirga universitetimizdan 150 nafar talaba jalb etildi. 

O‘tgan davr mobaynida ro‘yxatga olish jarayonining sifatli va samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida viloyat ishchi guruhi vakillari tomonidan talabalar uchun seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ularga zarur nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalar berildi.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatni teran anglagan holda ro‘yxatdan o‘ting — taraqqiyot sari qadam tashlang!

 ✔️Kelajakni birgalikda quraylik!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 46

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil