"Rektor kubogi"

Xabaringiz bor joriy yil boshida sportning voleybol turi bo‘yicha sovrin jamg‘armasi qariyb 45 mln so‘mni tashkil etadigan "Rektor kubogi" musobaqalariga universitet professor-o‘qituvchilaridan tashqari  texnikum, akademik litsey jamoalari ham jalb etilib, katta sport bayrami bo‘lib o‘tgan edi.

🟢Bu tashabbus hamkorlikning keyingi bosqichlariga zamin yaratdi. Misol uchun kuni-kecha  TerDUga tashrif buyurgan Muzrabot tumani xizmat ko‘rsatish  va servis texnikumi talaba  qizlardan iborat  jamoa talabalarimiz bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.  

➡️Uchrashuvda mezbon jamoaning qo‘li baland kelib 3:1 hisobi qayd etildi.

🟢Yana bir ma’lumot “Sog‘lom turmush tarzi va musaffo tabiat – uzoq umr garovi!” shiori ostida Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  ayollar o‘rtasida tashkil etilgan voleybol bahslarida TerDUning  " Volontyor qizlar" jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➡️Uchrashuvlar sportsevarlik, do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni targ‘ib etayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 46

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil