Hindistonlik nufuzli professor TerDUda!

Kimyo fakultetida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Ganeshi Lal Agrawal University (GLA) professori, taniqli olim Anuj Kumar faoliyatini boshladi.

Professor Anuj Kumar —
Scopus bazasidagi Q1 va Q2 toifadagi ilmiy jurnallarda 354 ortiq ilmiy maqola muallifi
h-indeksi – 47
10 dan ortiq AQSh patenti egasi
Ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi
Xalqaro ilmiy hamjamiyatda yuqori e’tirofga ega olim
 Professor hozirda:
Kimyo mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlariga — “Sirt yuzasi hodisalari va adsorbsiya”
Kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga — “Kimyoviy jarayonlar termodinamikasi” fanlaridan zamonaviy dars metodlari asosida mashg‘ulotlar olib bormoqda.

🧪Dars jarayonlarida sohadagi eng so‘nggi ilmiy yangiliklar, yutuqlar va dolzarb o‘zgarishlar talabalarga chuqur va amaliy misollar asosida yetkazilmoqda.
Shuningdek, professor Kimyo fakulteti doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

🌐Professor Anuj Kumar TerDUning QS World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities (ARWU) kabi top-1000 xalqaro reytinglarga kirishida talabalar yutuqlari muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

✨TerDU — xalqaro tajriba, sifatli ta’lim va ilmiy taraqqiyot sari dadil odimlamoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 46

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil