“Kuch birlikda — zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q”: TerDUda targ‘ibot tadbiri

Kecha TerDU katta majlislar zalida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash va raqamli zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida:
Raqamli zo‘ravonlikning asosiy turlari va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi;
Uni oldini olish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va amaliy tavsiyalar taqdim etildi;
“Kuch birlikda — zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q” shiori ostida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari:
Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyat hududiy markazi mutaxassislari hamda Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori mavzu yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil