“Bahorni quvib” badiiy filmining premyerasi TerDUda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75 yilligi tadbirlari doirasida Surxon vohasiga tashrif buyurgan taniqli yozuvchi va shoirlar Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi.

Jarayonda talaba-yoshlarimiz uchun “Bahorni quvib” badiiy filmining premyerasi hamda ijodkorlar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Erkin A’zam va film rejissyori Jahongir Qosimov bilan bo‘lgan suhbatlarda filmni suratga olishdagi qiziqarli onlar esga olindi.

Uchrashuv ijodiy atmosfera, ochiq muloqot va o‘ziga xos fikrlar almashinuvi bilan yanada boyidi. Talabalar filmni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. 

Shubhasiz, bunday uchrashuvlar yoshlarda adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytiradi, ijodiy tafakkurni rivojlantiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil