O‘zbek filologiyasi fakulteti faoliyati bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun rektorimiz O‘zbek filologiyasi fakultetida bo‘lib, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv moddiy-texnik baza bilan tanishdi hamda fakultet faoliyatini atroflicha muhokama qilishga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda prorektorlar, boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi — fakultetning ilmiy salohiyati, o‘quv jarayonlari, talabalar bilan ishlash, xalqaro hamkorlik, KPI natijalari va tashabbuskorlik darajasini amaliy tahlil qilish hamda keyingi vazifalarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

A.Toshqulov ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha e’tirozlarni bildirar ekan, mavjud natijalar fakultet imkoniyatlari va bugungi tezkor davr talablariga mutlaqo mos kelmasligini misollar asosida ta’kidlab o‘tdi. 

Jumladan:
— Kafedralardagi ilmiy ishlar samaradorligi va KPI natijalarining pastligi;
— Scopus maqolalari, patentlar, xalqaro loyihalarda ishtirok etish ko‘rsatkichlarining yetarli emasligi;
— O‘quv jarayoni monitoringi va HEMISdagi kamchiliklar;
— Tadbirkorlik, tashabbuskorlik va yoshlar bilan ishlashda sustkashlik;
— Ijodkor talabalar salohiyatini namoyish etuvchi loyihalarning kamligi;
— TTJlarda navbatchilikda mas’uliyatning yetishmasligi;
— Kafedralarda yangilanish, zamonaviy kontent va metodik ta’minot muammolari.

Yakunda bir oy muddatda fakultet oldidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. 

Ma’lumot uchun, joriy yil yakuniga qadar har bir fakultetda shunday tanqidiy-tahliliy yig‘ilishlar bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil