TerDUda “Rus xalq ijodi – ma’naviy meros durdonalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida rus xalqining boy madaniy merosi va ijodiy an’analariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning faxriy mehmoni — Rus madaniyat markazi raisi Nina Aleksandrovna Fedorova ishtirokchilarga o‘zining qimmatli fikrlari, boy tajribasi hamda madaniy merosga oid qiziqarli ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.

 Mazkur uchrashuv o‘quvchi-yoshlarda turli xalqlarga hurmat, madaniy bag‘rikenglik, do‘stlik, san’at va ijodga muhabbat kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirib, millatlararo do‘stlik va ma’naviy hamjihatlik g‘oyalarini chuqurlashtirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil