Surxondaryo viloyati Talabalar ligasi – QVZ musobaqasi yakunlandi!

Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi – QVZ” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda hududimizning faol, iqtidorli va zukko yoshlaridan iborat jamoalar o‘zaro bilim, topqirlik va hazil-mutoyiba bilan bellashishdi.

🏆 Natijalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti
🥉 3-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

🟢Musobaqa jarayonida ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratlarini namoyish etdilar, balki muloqot, do‘stlik va ijodkorlik muhitini yaratishga ham hissa qo‘shdilar.

🟢 Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirishga xizmat qiladi.

🎉 G‘olib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil