Xalqaro hamkorlik doirasida yangi mahorat darslari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-son qarorida belgilangan oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universitetida yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.

Eron Respublikasining Sheyda instituti musiqa o‘qituvchisi Tahmineh Fakhravari qariyb bir oy davomida “Musiqa ta’limi” kafedrasi talabalariga: “O‘zbekiston va Eron musiqa san’atining bog‘liqligi”,  “Eron klassik musiqasi” mavzularida mahorat darslarini o‘tdi.

Safar yakunida  Tahmineh Fakhravari xonim Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov bilan uchrashib, berilgan imkoniyat va samimiy munosabat uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi. 

O‘z navbatida rektor ham mehmonni ehtirom bilan qabul qilib, musiqiy ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvi muhimligini ta’kidladi. 

Shuningdek, Tahmineh Fakhravari “Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” yo‘nalishidagi talabalarga “Solfedjio” fanidan 30 soatlik  dars mashg‘ulotlarini o‘tdi. 

Bu tashabbus ikki xalq musiqiy madaniyatining o‘zaro yaqinligini yanada mustahkamlash, talabalar ijodiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 48

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil