"Zakovat"

11-noyabr “Kasaba uyushmalar kuni” munosabati bilan Termiz davlat universiteti kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan "Zakovat" musobaqasi tashkil etildi.

Qizgʻin kechgan bahslarda tarix, san’at, sport va boshqa sohalarga oid qiziqarli savollarga javob berish orqali ishtirokchilar o‘zlarining bilimlarini namoyish etdilar. E’tiborlish, qatnashchilar o‘z bilim doiralarini kengaytirish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Natijalarga ko‘ra, g‘oliblik:
🥇1-o‘rin — Tarix fakulteti jamoasi,
🥈2-o‘rin — Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasi,
🥉3-o‘rin — Tabiiy fakulteti jamoasiga nasib etdi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi,"Do‘stlik" ordeni sohibi,O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Axmedov Abdukarim ishtirok etib g‘olib jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 49

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 51

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil