Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi: fan, ta’lim va ishlab chiqarish birligi — samaradorlik garovi

Prezidentimizning tashabbus va topshiriqlari asosida ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish, sohalarda ilmiy yondashuvni kuchaytirish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda bugun Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar, ilmiy jamoa vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda startap tashabbuskori bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Fan – ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasi" mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda universitetning professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar va ilmiy xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ishlanmalar taqdimot qilindi.

Shuningdek, "Spin Off" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish va ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, "Surxondaryo – Yaponiya xalqaro texnikumi"ni tashkil etish loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida viloyat hokimi talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularga o‘z tavsiya va maslahatlarini berdi. Bilim, tashabbus va yangilikka intilish har bir yoshning kelajak yo‘lidagi eng muhim qadam ekanini alohida ta’kidladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 49

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 51

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil