TerDU rektori kampusdagi bunyodkorlik ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi

A.Toshqulov mas’ullar hamrohligida kampus hududida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida joriy hamda kapital rekonstruksiya qilingan binolardan samarali foydalanish, ularni o‘quv va ta’lim jarayoniga to‘liq moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Rektor hududdagi yo‘lakchalarni qisqa muddatda ta’mirlab, harakatlanish uchun yanada qulay holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, katta majlislar zalida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishar ekan, ushbu maskan talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun shinam, zamonaviy va barcha zarur qulayliklarga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil