TerDU – YANGILANISH VA TARAQQIYOT YO‘LIDA! 

Bugun Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov mas’ullar hamrohligida kampus hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Rektor xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlari sifati va tannarxini o‘rganib, ular faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Yotoqxonalar oldidagi soya-salqin hududlarda talabalar dam olishi uchun o‘rindiqlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kapital rekonstruksiyadan o‘tkazilgan Registrator ofisida bo‘lib, buyurtma asosida olib kelingan zamonaviy mebel jihozlari bilan tanishdi.

Tushlik vaqtida rektor talabalar bilan birgalikda oshxonada ovqatlanib, ularning fikr va takliflarini tingladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 52

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil