Ona tilim — g‘ururim, iftixorim!

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan kecha 4-TTJda istiqomat qiluvchi  talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zbek tilining beqiyos boyligi, tarixiy ildizlari va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek ijro etgan she’rlari, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar orqali ona tilimizga bo‘lgan ehtiromini ifoda etdi.

Bu tadbir shubhasiz  yoshlar qalbida o‘zbek tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni ardoqlashga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ona tilimiz — millat faxri, birligimiz va ma’naviyatimiz timsolidir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 52

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 53

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil